Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2025-10-03 17:05:00 / Yangiliklar va voqealar

2025-yil 3-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyun bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida bo‘lajak yuqori darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ikki tomonlama munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
