O‘zbekiston delegatsiyasi Seulda vatandoshlar bilan davra suhbati o‘tkazdi
2025-09-25 20:05:00 / Yangiliklar va voqealar

2025-yil 25-sentabr kuni, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi, O‘zbekistonning Seul shahridagi Elchixonasida talabalar, ilmiy-xodimlar va tadbirkorlardan tashkil topgan vatandoshlar bilan davra suhbati o‘tkazdi.
Vatandoshlar bilan tizimli muloqot o‘rnatish va mamlakatimiz bilan aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidlandi.
Muhokamalar davomida konsullik xizmatini takomillashtirish, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish, jinoyatchilikning oldini olish, ekstremizmga, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Davra suhbati yakunida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tezkor javob oldilar, fuqarolarning yuzaga kelgan muammolari joyida hal etildi.
Ishtirokchilar muntazam hamkorlik zarurligini va ishlab chiqilgan tavsiyalarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatladilar.
