Yaponiya investorlari köp qavatli uylarni boşqariş sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqçi
2026-11-18 20:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Vazir örinbosari Ozoda Jörayeva hamda Toşkent şahar hokimi örinbosari Obidjon Möminov yaponiyalik yirik tadbirkor bilan uçraşuv ötkazdi. Unda köp qavatli uylarni boşqariş va ularga xizmat körsatiş sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uçraşuvda uy-joy kommunal xöjaligini isloh qiliş, aholiga körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşiriş va köp qavatli uy-joy fondini samarali boşqariş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri ekani taʼkidlandi.
Taʼkidlaş joiz, yaponiyalik investorlar bugungi kunda Xorazm viloyatidagi köp qavatli uylarga xizmat körsatib, kapital taʼmirlaş va zamonaviy servis xizmatlarini yölga qöymoqda. Endi ular bu tajribani Toşkent şahrida ham qöllaşga qiziqiş bildirmoqda.
Hozir poytaxtda 12 036 ta köp qavatli uy bor. Ularga 382 ta boşqaruv servis kompaniyasi va 110 ta uy-joy mulkdorlari şirkati xizmat körsatadi. Yana 54 ta uyni mulkdorlarning özi bevosita boşqaradi.
Uçraşuvda Ozoda Jörayeva yapon kompaniyalari vakillariga ularning faoliyat rejalari, investitsiya maqsadlari va taklif etayotgan zamonaviy yeçimlari böyiça bir qator savollar berdi. Özbekiston tomoni quyidagi yönalişlarda hamkorlik qilişga tayyor ekanini bildirdi:
-köp qavatli uylarni zamonaviy boşqaruv modellari asosida boşqariş;
-uy-joylarning texnik holatini yaxşilaş va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qiliş;
-energiya tejamkor va raqamli texnologiyalarni joriy etiş;
- mahalliy mutaxassislarni tayyorlaş va Yaponiya tajribasini amaliyotga tatbiq etiş şular jumlasidandir.
-Asosiy maqsadimiz — hamkorlikni aniq investitsiya loyihalari asosida yölga qöyiş. Toşkent şahrida pilot loyihalarni amalga oşirib, ularning natijalariga qarab hamkorlik kölamini kengaytirişni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Yaponiyaning ilğor tajribasi va investitsiya imkoniyatlari sohani yangi bosqiçga olib çiqişiga işonamiz, — dedi vazir örinbosari Ozoda Jörayeva.
Vazirlik va Toşkent şahar hokimligi özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş hamda investitsiya loyihalarini amalga oşirişda zarur taşkiliy kömak berişga tayyor ekanini bildirdi.




