Jamoatchilik kengashining 9 oylik faoliyati sarhisob qilindi
2026-10-22 11:30:00 / Vazirlik yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustdagi PF–124-son Farmoni hamda vazirlikning tegishli buyrug‘i ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Kun tartibidan qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish, texnik va shaharsozlik kengashlari faoliyatida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash, vazirlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligini oshirish, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o’rin oldi.
Shuningdek, vazirlik faoliyati yuzasidan jamoatchilik fikrini tizimli o‘rganish, korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarida jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish hamda rasmiy axborot resurslarida ochiq ma’lumotlarni muntazam e’lon qilib borish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida kengash a’zolarining taklif va mulohazalari tinglanib, joriy yilning 4-choragida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarni o’z vaqtida va sifatli bajarish belgilandi.



