Kasbiga bağşida umr
2026-11-10 11:30:00 / Vazirlik yangiliklar

Şaharsozlik — bu şunçaki binolar va inşootlar barpo etiş emas. Bu odamlar yaşaydigan muhitni şakllantiriş, şahar va qişloqlarning ertangi qiyofasini belgilaş, xavfsiz va qulay hayot uçun mustahkam asos yaratiş demakdir. Bu jarayonda muhandis-quruvçilar, loyihaçilar va ekspertlarning örni beqiyos. Çunki har bir bino ortida puxta hisob-kitob, katta bilim va mas’uliyat turadi.
Bu kasb keça yoki bugun paydo bölgani yöq. Uning rivoji, tajribasi va bugungi darajaga yetişida butun umrini sohaga bağişlagan fidoyi insonlarning alohida örni bor. Ana şunday insonlardan biri — Arxitektura va quriliş sohasi Faxriylar kengaşi a’zosi Dilşat Taşpulatov.
Uning mehnat yöli 1963 yilda, Toşkent temir yöl transporti muhandislari institutini muhandis-quruvçi mutaxassisligi böyiça tamomlaganidan söng boşlangan. Şundan buyon 62 yildan ortiq vaqt davomida u quriliş, loyihalaş va şaharsozlik hujjatlari ekspertizasi yönalişlarida faoliyat yuritib kelmoqda.
Faoliyati davomida TaşZNIIEP loyiha ilmiy-tadqiqot instituti, «Toşuyjoyloyiha LITI», «Boşdavekspertiza» kabi taşkilotlarda turli mas’uliyatli lavozimlarda işladi. Muhandislikdan boş muhandislikka, loyiha guruhi rahbarligidan bölim boşqaruvigaça bölgan mehnat yöli unga sohaning turli bosqiçlarida katta amaliy tajriba töplaş imkonini berdi.
Biroq Dilşat Husanoviç uçun kasbiy faoliyat faqat bajarilgan loyihalar yoki egallangan lavozimlar bilan çeklanmaydi. Uning muhim fazilatlaridan biri — yillar davomida töplagan bilim va tajribasini yoş mutaxassislarga yetkazişga bölgan intilişidir.
Bugun ham u «Ustoz-şogird» an’analari asosida yoş kadrlarga boş rejalar, konstruktiv, arxitektura va quriliş yeçimlari, yonğin xavfsizligi talablari böyiça yöl-yöriq körsatib kelmoqda. U uçun haqiqiy natija nafaqat sifatli loyiha, balki şu işni davom ettira oladigan bilimli va mas’uliyatli mutaxassislarni tarbiyalaş hamdir.
Samimiyligi, töğrisözligi, talabçanligi va adolatli yondaşuvi bilan hamkasblari orasida hurmat qozongan Dilşat Taşpulatov bugun ham “Şaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qiliş Respublika markazi” Davlat muassasasida soha rivojiga öz hissasini qöşmoqda.
Zero, ayrim insonlar özidan keyin faqat bajarilgan işlarini emas, balki tajribasini davom ettiradigan şogirdlarini ham qoldiradi. Dilşat Husanoviçning 62 yillik mehnat yöli ham ana şu qadriyatning yorqin namunasidir.


