“Qoğozsiz bir kun” ekoaksiyasini ötkaziş amaliyoti joriy etilgan
2026-11-10 11:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-martdagi 109-son qaroriga muvofiq, vazirlik va uning tizim taşkilotlarida har oyning ikkinçi haftasi seşanba kuni “Qoğozsiz bir kun” ekoaksiyasini ötkaziş amaliyoti joriy etilgan.
Mazkur taşabbusdan közlangan maqsad — elektron hujjat aylaniş tizimidan samarali foydalaniş, qoğoz sarfini kamaytiriş, raqamli madaniyatni yuksaltiriş hamda ekologik barqarorlikni ta’minlaşdan iborat.
Bugun Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligida taşkil etilgan ekoaksiya doirasida içki xizmat yozişmalari, buyruqlar, yiğiliş bayonnomalari, hisobotlar va boşqa hujjatlarni elektron şaklda yuritişga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida elektron hujjat aylaniş tizimidan faol foydalaniş orqali hujjatlar almaşinuvini tezkor va samarali taşkil etiş, ortiqça qoğoz sarfining oldini oliş hamda iş jarayonlarida zamonaviy raqamli yeçimlarni keng qöllaşga ustuvor ahamiyat berildi.






