Vazirlikda navbatdagi siyosiy-maʼrifat soati ötkazildi
2026-11-06 10:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Tadbir davomida mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, davlat siyosatining ustuvor yönalişlari, şuningdek, jamiyat va davlat hayotidagi dolzarb jarayonlar yuzasidan atrofliça maʼlumotlar taqdim etildi. Iştirokçilarning siyosiy-huquqiy bilim va savodxonligini oşiriş, fuqarolik masʼuliyatini mustahkamlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş, tarixiy merosimiz va milliy özligimizni anglaş, urf-odat va anʼanalarimizni eʼzozlaş, yoş avlod qalbida milliy ğurur va vatanparvarlik tuyğularini şakllantirişning ahamiyati xususida fikr almaşildi.
Tadbir milliy anʼanalarimizni keng tarğib etiş va uni asrab-avaylaşga qaratilgan ezgu taşabbuslarning amaliy ifodasi böldi.
Siyosiy-maʼrifat soatlari xodimlarning siyosiy va huquqiy bilimlarini muntazam oşiriş, maʼnaviy barkamollikni mustahkamlaş, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini qaror toptiriş, şuningdek, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini yuksaltirişga xizmat qiladi.
Mazkur maʼrifiy tadbirlar vazirlikning hududiy boşqarmalari va tasarrufidagi taşkilotlarda ham belgilangan tartibda davom ettirilmoqda.




