Ozoda Jörayeva Buxoro şahrida faoliyat yuritayotgan boşqaruv organlari rahbarlari bilan uçraşuv ötkazdi
2026-11-03 17:30:00 / Vazirlik yangiliklar

Ozoda Jörayeva Buxoro viloyatiga xizmat safari davomida Buxoro şahrida faoliyat yuritayotgan boşqaruv organlari rahbarlari bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuvda şaharda köp kvartirali uylarni boşqariş faoliyatini samarali taşkil etiş, uy-joy fondini saqlaş, kommunal xizmatlar sifatini oşiriş hamda kuz-qiş mavsumiga puxta tayyorgarlik köriş masalalari muhokama qilindi.
Bugungi kunda Buxoro şahrida 17 ta boşqaruv servis kompaniyasi va 15 ta uy-joy mulkdorlari şirkati faoliyat yuritmoqda. Ularning iş samaradorligi, köp kvartirali uylarni saqlaş va taʼmirlaş borasidagi vazifalari, şuningdek, aholi bilan işlaş tizimi yuzasidan fikr almaşildi.
Muloqot davomida boşqaruv organlari faoliyatida uçrayotgan mavjud muammolar, jumladan, uy-joy fondini öz vaqtida taʼmirlaş, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining soz holatini taʼminlaş, qarzdorlik masalalari, obodonlaştiriş va aholining murojaatlarini tezkor hal etiş bilan boğliq masalalar atrofliça körib çiqildi.
Şuningdek, boşqaruv organlari rahbarlariga öz hududlaridagi köp kvartirali uylarning texnik holatini muntazam örganiş, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş, kiriş yölaklari, tom va yertölalarni soz holatda saqlaş, hududlarni obodonlaştiriş hamda aholiga körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşiriş böyiça aniq vazifalar belgilab berildi.
Ayniqsa, kuz-qiş mavsumida yuzaga kelişi mumkin bölgan muammolarning oldini oliş, issiqlik taʼminoti barqarorligini taʼminlaş, avariya holatlariga tezkor munosabat bildiriş va masʼul xodimlarning javobgarligini kuçaytiriş zarurligi qayd etildi.




