Buxoro viloyatida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi
2026-11-03 13:30:00 / Vazirlik yangiliklar

Vazir örinbosari Ozoda Jörayeva hamda “Issiqliktaʼminoti” AJ boşqaruvi raisi Ilhom Törayev Buxoro viloyatida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oşirilayotgan işlar, mavjud muammolar hamda kelgusidagi rejalar bilan tanişdilar.
Jarayonda köp kvartirali uy-joy fondini taʼmirlaş, saqlaş, tom, yertöla va tutaş hududlarni obodonlaştiriş, şuningdek, aholi uçun qulay va xavfsiz yaşaş şaroitlarini yaratiş borasida amalga oşirilayotgan işlar közdan keçirildi.
Joriy yil kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida viloyatdagi 2 631 ta köp kvartirali uyda 9,8 mlrd sömlik taʼmirlaş işlari bajarilgan. Qöşimça ravişda boşqaruv organlari tomonidan 210 ta uyda 1,9 mlrd sömlik işlar amalga oşirilgan.
Issiqlik taʼminoti yönalişida ham qator işlar olib borilmoqda. Xususan, viloyatda 37 ta qozonxona va 154,9 km issiqlik tarmoği orqali 842 ta köp kvartirali uy hamda 131 ta ijtimoiy soha obyektiga issiqlik energiyasi yetkazib berilmoqda. Manzilli dastur doirasida 3 ta qozonxona quriş va 26,3 km issiqlik tarmoğini tortiş işlari amalga oşirilmoqda. Bugungi kunga qadar tarmoqning 24,8 kilometri qurib bitkazilgan.
Şuningdek, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida 2 ta qozon va 2,2 km issiqlik tarmoği taʼmirlangan. Kelgusida amalga oşiriladigan loyihalar natijasida yana 109 ta köp kvartirali uy va 48 ta ijtimoiy soha obyektini issiqlik energiyasi bilan taʼminlaş rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, Buxoro turizm markazi hamda Buxoro tumanidagi “Yangi Özbekiston” massivida issiqlik taʼminoti tizimlarini barpo etiş işlari boşlangan. Uşbu loyihalar doirasida jami 9 km issiqlik tarmoği tortilib, 112 ta köp kvartirali uy issiqlik bilan taʼminlanişi közda tutilgan.
Örganişlar davomida yil yakuniga qadar amalga oşirilişi rejalaştirilgan vazifalar, jumladan, yana 46 ta köp kvartirali uyni taʼmirlaş hamda 6 ta liftni yangilaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Masʼullarga kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlaş, issiqlik taʼminoti barqarorligini taʼminlaş, aholi murojaatlarini inobatga olgan holda mavjud muammolarni bartaraf etiş yuzasidan tegişli topşiriqlar berildi.





