Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi hamda uning tizim taşkilotlarida navbatdagi siyosiy-maʼrifat soati taşkil etildi
2026-10-30 10:40:00 / Vazirlik yangiliklar

Unda xodimlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oşiriş, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini çuqur anglaş hamda dolzarb masalalar yuzasidan bilim va tuşunçalarini mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, vazirlikda xodimlarning yozma savodxonligini oşiriş, davlat tiliga hurmatni kuçaytiriş va özbek tilining nufuzini yanada mustahkamlaş maqsadida ötkazilgan umummilliy diktant yoziş musobaqasi ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Ğoliblarga vazirlikning esdalik sovğalari topşirildi.
Albatta, bunday tadbirlar milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatni yanada mustahkamlaş hamda soğlom dunyoqaraşni şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayni paytda siyosiy-maʼrifat soatlari vazirlikning hududiy boşqarmalari va barça tizim taşkilotlarida ham ötkazilmoqda.





