Xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi o‘rni muhokama qilindi
2026-10-20 13:30:00 / Vazirlik yangiliklar

Bosh vazir o‘rinbosari-Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnoza Kattaxonova hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva Misr Arab Respublikasining Bolalik va onalik bo‘yicha milliy kengashi raisi Sahar Favzi Gad El-Sonbati hamda Misrning O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi, diplomatik missiya rahbari o‘rinbosari Hanan Bashary bilan uchrashdi.
Muloqot davomida O‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, gender tenglikni ta’minlash hamda ayollar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Xususan, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida ayollarning o‘rni, ularning boshqaruv jarayonlaridagi ishtirokini oshirish hamda kasbiy rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv o‘zaro tajriba almashish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi yondashuvlarni muhokama qilish va hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqish uchun muhim muloqot maydoni bo‘ldi.



