“Global Forum 2026” doirasida xalqaro tajriba va innovatsion yechimlar muhokama qilinmoqda
2026-10-15 15:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tashkil etilganining 35 yilligi munosabati bilan “Global Forum 2026: Shaharsozlik, arxitektura, qurilish va muhandislik yashil iqtisodiyotga o‘tish yo‘lida” xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forum doirasida xalqaro ekspertlar, olimlar, arxitektorlar va soha mutaxassislari ishtirokida barqaror shaharsozlik, zamonaviy arxitektura, energiya samaradorligi hamda qurilish sohasiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilinmoqda.
Tadbir doirasida Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan ko'krak nishoni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatovga topshirildi.
Forum ertaga, 16-oktabr kuni ham davom etadi. Unda xalqaro tajriba almashish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish va arxitektura hamda shaharsozlik sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratiladi.





