E‘LON! Tadbirkorlar diqqatiga!
2026-10-13 11:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Hurmatli tadbirkorlar!
Sizlarni 31-Ozarbayjon xalqaro qurilish ko‘rgazmasi — “BakuBuild 2026” doirasida tashkil etiladigan “Made in Uzbekistan” milliy stendi ostida ishtirok etishga taklif qilamiz.
Mazkur ko‘rgazma qurilish materiallari, arxitektura, muhandislik yechimlari, qurilish texnikasi, interer va zamonaviy qurilish texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlar uchun o‘z mahsulot va xizmatlarini xalqaro bozorda namoyish etish imkoniyatidir.
Ko‘rgazma doirasida tashkil etiladigan B2B va B2G uchrashuvlari orqali xorijiy hamkorlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, eksport salohiyatini oshirish va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish mumkin.
Sana: 2026 yil 14–16 oktyabr
Manzil: Baku Expo Center, Boku shahri, Ozarbayjon
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 90 979 11 11
O‘zbekiston qurilish sohasi vakillarini xalqaro maydonda o‘z mahsulot va yechimlarini namoyish etishga taklif qilamiz!
