Korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlik masalalari muhokama qilindi
2026-10-08 18:30:00 / Vazirlik yangiliklar

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutida korrupsiyaning oldini olish, faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mas’ul xodimi J. Fayziyev ishtirok etdi.
Yig‘ilishda korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, xodimlarning mas’uliyati va huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, xizmat faoliyatida halollik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha xodimlarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabatda bo‘lish, belgilangan qonunchilik talablariga rioya qilish va sohada ochiqlik hamda shaffoflikni yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.


