Korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlik masalalari muhokama qilindi
2026-10-07 19:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida korrupsiyaning oldini olish, faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi J.Fayziyev, Bosh boshqarma rahbari O.Mo’minov hamda tegishli tashkilot va hududiy filiallar xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, xodimlarning huquqiy savodxonligi va korrupsiyaga qarshi mas’uliyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, "Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi" DMning Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududiy filiallari xodimlari bilan ham uchrashuv o‘tkazilib, sohada korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish va faoliyatning ochiqligini ta’minlash bo‘yicha fikr almashildi.
Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbirlarni izchil davom ettirish, xodimlarning huquqiy va korrupsiyaga qarshi bilimlarini muntazam oshirib borish, xizmat faoliyatida shaffoflik va qonuniylikni ta’minlash hamda korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Ma’lumot uchun: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi yoki uning tizimidagi tashkilotlarda korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz, bu haqda vazirlikning +998 71 210-11-04 (1066 — ichki raqam) ishonch telefoniga yoki Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 1253 raqamli call-markaziga xabar berishingiz mumkin.


