Andijonda yangi makon — texnologiya va qulaylik uyg‘unligida…
2026-10-02 18:30:00 / Vazirlik yangiliklar

Bugun Andijonda yangilanish faqat binolardan emas, yashash muhitidan boshlanmoqda. Aholining turmush sharoitini yaxshilash, kundalik hayotini yanada qulay va xavfsiz qilish yo‘lida ko‘p qavatli uylar ham zamonaviy qiyofa kasb etmoqda. Bu obodonlashtirishning oddiy ko‘rinishi emas, balki aholi uchun yangi imkoniyatlar davrining amaliy ifodasidir.
Ana shunday yondashuv asosida Andijon shahrining “Barkamol” MFY 4-kichik dahasidagi 39 ta ko‘p qavatli uy Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani tajribasi asosida kompleks yangilandi. 38 ta uyning fasadi bazalt qoplama bilan ta’mirlandi, 35 ta uyda 105 ta kirish eshigi zamonaviy metall eshiklarga almashtirilib, 360° kamera va “Face ID” tizimiga ega domofonlar o‘rnatildi. 152 ta kirish yo‘lagi ta’mirlanib, energiya tejamkor yoritish tizimlari joriy etildi.
Yangilanishlar hududning o‘zida ham davom etib, 1,6 ming kvadrat metr trotuar betonlashtirildi, 78 ta framuga oynasi yangilandi, 35 ta uyning tarnovlari tartibga keltirildi. Barcha yerto‘lalar tozalanib, dezinfeksiya qilindi. Natija esa ko‘z o‘ngimizda: yangilangan uylar, tartibli hudud va eng muhimi aholi uchun yanada qulay, xavfsiz va zamonaviy yashash muhiti yaratildi.






