Ustozga ehtirom – kelajakka ehtirom
2026-09-30 20:00:00 / Vazirlik yangiliklar

1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni mamlakatimizda keng nishonlanadi. Bu sana shunchaki bayram emas, ilm va ma’rifat tantanasidir.
“Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi” DMda “Ustozga ehtirom” madaniy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.
Tadbir bir davrada turli avlod vakillarini jamladi. Uzoq yillar shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi tizimida samarali faoliyat yuritgan, o‘z bilim va tajribasini yosh mutaxassislarga ulashgan ustozlarning mehnat yo‘li, soha rivojiga qo‘shgan hissasi va hayotiy tajribasi yana bir bor e’tirof etildi.
Bugun sohada erishilayotgan natijalar, shakllanayotgan yangi avlod va soha rivojida ana shunday fidoyi insonlarning ko‘p yillik mehnati, tajribasi mujassam. Tadbirda ko‘p yillik samarali mehnati, yosh mutaxassislar kamolotiga qo‘shgan hissasi uchun faxriylar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ustozga ko‘rsatilgan ehtirom — o‘tmish tajribasini qadrlash, kelajak avlodga munosib maktab qoldirish demakdir. Zero, mamlakatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri ham o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini qadrlash hamda ularni e’tirof etishdan iborat.







