Talabalar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi
2026-09-18 17:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Bugun Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ko‘magida talabalar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbir talabalarning kasbiy qiziqishlari, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va kelgusidagi mehnat faoliyatiga oid takliflar asosida o‘tkazilib, yoshlar va ish beruvchilar o‘rtasida bevosita muloqot maydonini yaratdi.
Yarmarkada vazirlik tizimidagi tashkilotlar, loyiha institutlari hamda qurilish, arxitektura, loyihalash va kommunal infratuzilma yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi tashkilotlar ishtirok etib, mavjud vakant lavozimlar, ish sharoitlari hamda mutaxassislarga qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumot taqdim etdi.
Talabalar esa o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalishlar bo‘yicha ish beruvchilar bilan suhbatlashib, amaliyot va ishga joylashish imkoniyatlari yuzasidan bevosita ma’lumot olishdi.



