Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimida navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati tashkil etildi
2026-09-18 10:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarida navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi. Tadbir davomida dolzarb mavzular yuzasidan siyosiy-huquqiy bilimlar mustahkamlanib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, milliy o‘zlik va tarixiy xotirani yuksaltirish, ma’naviy immunitetni mustahkamlash hamda yot g‘oyalar va turli mafkuraviy ta’sirlardan asrash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda xodimlarning milliy liboslarda ishtirok etishi xalqimizning boy madaniy merosi, urf-odat va an’analarini e’zozlash, milliylikni keng targ‘ib etish, Vatanga muhabbat va yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Bunday ma’rifiy tadbirlar siyosiy va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatni mustahkamlash, sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish hamda turli yot ta’sirlarga qarshi ma’naviy immunitetni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayni paytda siyosiy-ma’rifat soatlari vazirlikning hududiy boshqarmalari hamda barcha tizim tashkilotlarida ham tashkil etilmoqda.



