Vazirlikda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan
2026-09-15 19:05:00 / Vazirlik yangiliklar

Bugun vazirlikda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘quv seminari tashkil etildi.
Unda mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan yangilanishlar, xalqimizning boy tarixi va ma’naviy merosi, milliy qadriyatlar hamda inson qadrini yuksaltirish borasidagi ishlar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, davlatimiz rahbarining mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan fikr va tashabbuslar mazmun-mohiyatiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Nutqda qayd etilgan mamlakatimiz taraqqiyoti, inson qadri, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Seminar davomida xalqimizning uch ming yillik tarixi, ajdodlarimizning ilm-fan va ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi, jadidlar harakati, milliy o‘zlik va tarixiy xotiraning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.
Tadbir ishtirokchilariga mavzular yuzasidan ma’ruzalar taqdim etilib, xalqimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini aks ettiruvchi videoroliklar namoyish etildi.
Seminar yakunida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada mazmunli tashkil etish, tariximiz va milliy qadriyatlarimizni yosh avlodga yetkazish, shuningdek, jamiyatda ma’rifat va bunyodkorlik ruhini mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.




