Kuz-qish mavsumiga tayyorgalik ishlari amalga oshirilmoqda
2026-09-14 18:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Guliston shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish va qish mavsumini betalofat o'tkazish maqsadida ishlar qizg'in amalga oshirib borilmoqda.
Xususan, Guliston shahrining "Obod yurt" MFY hududida joylashgan ko'p qavatli uylarga xizmat ko'rsatuvchi "Istiqlol kommunal xizmat ta'mir" boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan aholidan yig'iladigan majburiy badal to'lovlari hisobidan 14 va 15-sonli ko'p qavatli uylarning kirish yo'laklarini ta'mirlash hamda rang berish ishlari tashkil qilindi.
Shuningdek, bolalar maydonchasining shikast yetgan joylari ham ishchi xodimlar tomonidan ta'mirlandi.
Bundan tashqari 17-sonli ko'p qavatli uyning elektr shitlarida ta'mirlash ishlari bajarilib, yerto'la qismida to'planib qolgan sizot suvlari tortildi va chiqindilardan tozalandi.
Bu kabi ishlar barcha hududlarda jadallik bilan amalga oshirilmoqda.




