Vazirlik xodimi Koreyada zamonaviy HR boshqaruvi tajribasini o‘rganmoqda
2026-09-11 15:00:00 / Vazirlik yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligida Seul shahrida davlat xizmatchilarining salohiyatini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli dastur tashkil etildi.
Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi mas’uli A.Sharipov ham ishtirok etmoqda.
Dastur doirasida davlat xizmatida HR boshqaruvi, xodimlarni baholash va rivojlantirish, lavozimlar tahlili hamda raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha Koreyaning ilg‘or tajribasi o‘rganilyapti.
Mazkur tajriba vazirlik tizimida zamonaviy HR yondashuvlarini takomillashtirish va boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.



