Fidokorona mehnat — yuksak e’tirof
2026-09-11 13:30:00 / Vazirlik yangiliklar

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida vazirlik hamda uning tizim tashkilotlarida samarali va munosib mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida o‘zining fidoyiligi, mas’uliyati va soha rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi bilan namuna bo‘lib kelayotgan xodimlarga “Vatanning sadoqatli farzandi — fidoiy inson” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur ko‘krak nishoni “Vatanning sadoqatli farzandlari” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, yurt ravnaqi va jamiyat taraqqiyoti yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan fidoyi insonlarning mehnatiga berilgan yuksak e’tirofdir.
Taqdirlangan xodimlarni samimiy muborakbod etib, ularning kelgusidagi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!






