Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Rasmiy munosabat)
2026-09-03 15:20:00 / Rasmiy munosabat

Toshkent shahri Chilonzor tumani 16-mavze, 18-uyda lift faoliyati bilan bogʻliq holat masʼullar tomonidan nazoratga olindi.
Mazkur uy boshqaruvsiz boʻlganligi sababli liftga oʻz vaqtida texnik xizmat koʻrsatish va zarur taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda muammolar yuzaga kelgan.
Ayni vaqtda liftlarga xizmat koʻrsatuvchi masʼul tashkilotlar tomonidan mazkur masala tekshiruvgan boʻlib, lift faoliyatini qayta tiklash va aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Holat bartaraf etilgunga qadar masʼul tashkilotlar tomonidan nazorat ishlari davom ettiriladi.
