NOQONUNIY QURILISHGA BEFARQ BOʻLMANG!
2026-08-24 18:05:00 / Vazirlik yangiliklar

Endi siz ham hududingizdagi noqonuniy qurilishlar haqida xabar berishingiz mumkin.
Shu maqsadda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining "Ogoh fuqaro" platformasi ishga tushirilgan.
Platforma orqali:
— noqonuniy qurilish holatlari haqida xabar berish;
— aniq manzil va maʼlumotlarni taqdim etish;
— zarur hollarda foto va boshqa materiallarni yuklash mumkin.
Sizning birgina murojaatingiz — shaharsozlik qoidalariga rioya etilishi, xavfsiz va tartibli muhit yaratilishiga hissa qoʻshishi mumkin.
Qurilishda qonuniylik — barchamizning umumiy masʼuliyatimiz!
Noqonuniy qurilishni koʻrdingizmi?
"Ogoh fuqaro" platformasi orqali xabar bering!
