Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
2026-08-24 17:25:00 / Vazirlik yangiliklar

Bugun vazirlikda Davlatimiz rahbarining 48-son qarori asosida belgilangan vazifalar ijrosi, dastur doirasida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud jarayonlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva olib bordi.
Unda vazirlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida 48-son qaror bilan tasdiqlangan dasturda belgilangan vazifalarning hududlarda amalga oshirilishi, obyektlarda olib borilayotgan ishlarning borishi, bajarilgan ishlar hajmi va keyingi bosqichdagi vazifalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, har bir hudud kesimida dastur doirasidagi ishlarning joriy holati tahlil qilinib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, mavjud masalalarni tezkor hal etish hamda ishlarni muvofiqlashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Alohida ta’kidlanganidek, qaror ijrosini ta’minlashda hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijadorligi, belgilangan muddatlarga rioya etilishi va aholiga yaratilayotgan sharoitlar muhim mezon hisoblanadi.
Yig‘ilish yakunida qaror doirasidagi ishlarni izchil davom ettirish, dasturda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda hududlardagi jarayonlarni muntazam monitoring qilib borish bo‘yicha mutaxassislarga tegishli topshiriqlar berildi.




