Bolajonlar ijodida — katta umidlar!
2026-08-24 11:45:00 / Vazirlik yangiliklar

“Sen kuchlisan” ijtimoiy loyihasi doirasida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zshaharsozlik LITI” DM tashabbusi bilan muassasada onkologik kasalliklar bilan kurashayotgan jajji qahramonlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida bolajonlar tomonidan chizilgan, ularning orzulari, umidlari va beg‘ubor tuyg‘ularini aks ettirgan ijod namunalari ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Ezgu tashabbus doirasida ushbu rasmlar ishtirokida maxsus kimoshdi savdosi — auksion o‘tkazildi. Yig‘ilgan mablag‘lar rasmlarni chizgan bolajonlarning davolanish xarajatlari va dori-darmonlariga yo‘naltiriladi.
Auksionda muassasamizning fidoyi xodimlari faol ishtirok etib, bolajonlarning ijod namunalarini katta quvonch bilan xarid qildilar.
Har bir xarid — shunchaki rasm emas. Bu bolajonlarga berilgan mehr, yorqin kelajakka ishonch va hayotga bo‘lgan umiddir!







