Qurilish sohasi faxriysi bilan davra suhbati o‘tkazildi
2026-08-21 11:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining 431-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Arxitektura va qurilish sohasi Faxriylar kengashi raisi K. Tulyaganov hamda «Uzshaxarqurilishinvest» IKda faoliyat yuritayotgan Kengash a’zosi Shagaev Mansur Maxmudovich ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
«Gold Step Invest» MCHJda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qurilish va arxitektura sohasini rivojlantirishda faxriylarning ko‘p yillik tajribasidan samarali foydalanish, zamonaviy talablarni amaliyotga joriy etish, milliy arxitektura an’analarini asrab-avaylash hamda shahar hududlaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, faxriylarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda ularni sohadagi dolzarb masalalarni hal etish jarayonlariga faol jalb etish yuzasidan takliflar bildirildi.
Uchrashuv yakunida Shagaev Mansur Maxmudovichga Arxitektura va qurilish sohasi Faxriylar kengashining faxriy a’zosi yorlig‘i topshirildi.


