Fuqarolar qabulida 60 dan ziyod murojaatlar tuman qurilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi
2026-08-19 16:30:00 / Vazirlik yangiliklar

Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida o‘tkazilgan bu galgi fuqarolar qabulida 60 dan ziyod murojaatlar tuman qurilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi.
Qabul davomida asosan fuqarolarning qurilish ishlarini boshlashdan avval nimalarga rioya etishi bo‘yicha qoʻyilgan talablar, mavjud tartib-qoidalar hamda zarur hujjatlarni rasmiylashtirishga oid savollariga aniqlik kiritildi.
Shuningdek, yer uchastkalarini xususiylashtirish, loyiha hujjatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish uchun ruxsatnomalar olish, konservatsiya va renovatsiya hududlariga oid masalalar yuzasidan mutaxassislar tomonidan huquqiy tushunchalar va amaliy tavsiyalar berildi.
Vakolat doirasidan tashqaridagi ayrim murojaatlar esa tegishliligi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirilib, fuqarolarga ularning ko‘rib chiqilish tartibi tushuntirildi.




