JICA delegatsiyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2026-08-14 11:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Vazirlikda Yaponiyaning xalqaro hamkorlik tashkiloti — JICA delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda Yaponiya hukumati tomonidan grantlar hamda moliya institutlari mablag‘larini O‘zbekistondagi ijtimoiy infratuzilma va kommunal xo‘jaligi obyektlariga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Yaponiyada ishlab chiqilayotgan “Barqaror jamiyat uchun davlatning muhim infratuzilma obyektlarini seysmik mustahkamlash” loyihaviy taklifi atroflicha ko‘rib chiqildi.
Mazkur loyiha doirasida Yaponiya tajribasi asosida mamlakatimizdagi ijtimoiy infratuzilma obyektlarining holatini monitoring qilish, soha mutaxassislarining malakasini oshirish hamda binolarni zamonaviy standartlar asosida seysmik mustahkamlash ko‘zda tutilmoqda.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro fikr almashib, hamkorlikni rivojlantirish va loyihani amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi rejalarni kelishib oldilar.



