Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida 70 ga yaqin murojaatlari qabul qilindi
2026-08-12 17:30:00 / Vazirlik yangiliklar

Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida doimiy tarzda o‘tkazib kelinayotgan navbatdagi fuqarolar qabuli bugun ham o‘z ishini davom ettirdi, tuman qurilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan aholining 70 ga yaqin murojaatlari qabul qilindi.
Qabulda, ayniqsa, shahar va viloyat chegarasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning qurilish ishlarini amalga oshirish tartibi, qonunchilik talablari va zarur ruxsatnomalarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yer uchastkalarini xususiylashtirish, loyiha hujjatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish, qurilishga ruxsat olish hamda konservatsiya va renovatsiya hududlariga oid murojaatlar ham mutaxassislar bilan birgalikda batafsil ko‘rib chiqildi.
Asosiysi, murojaat shunchaki tinglanib qolmay, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berilib, vakolat doirasidan tashqaridagi masalalar tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirildi.



