Amaliy o‘quv-trening kurslari yakunlandi!
2026-08-12 13:30:00 / Vazirlik yangiliklar

2026-yil 9–10-avgust kunlari Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Omonkalxat hayot suvlari” NNTda “Ichimlik suvi ta’minoti xizmatini ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish” mavzusidagi amaliy o‘quv-trening kursining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ikki kunlik trening bilan respublikaning 9 ta hududida o‘tkazilgan amaliy o‘quv-trening kurslari to‘liq yakunlandi.
Treninglar davomida NNT xodimlariga ichimlik suvi ta’minoti xizmatlarini samarali tashkil etish, suv ta’minoti tizimlaridan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash hamda iste’molchilar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar berildi.
O‘quv-treninglar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish Milliy loyihasi (III bosqich) hamkorligida tashkil etildi.
Treninglarning yakunlanishi ichimlik suvi ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatuvchi NNTlarning salohiyatini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash va aholiga barqaror hamda sifatli ichimlik suvi xizmatlarini ko‘rsatishga qaratilgan muhim amaliy qadam bo‘ldi.



