Jomboy tumanida ko‘p kvartirali uylar infratuzilmasini yaxshilash ishlari o‘rganildi
2026-08-06 15:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Shuningdek, o‘rganishlar davomida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev ham hududga tashrif buyurdi.
Tadbir davomida mas’ullar bilan birgalikda ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlarini kompleks obodonlashtirish, zamonaviy bolalar va sport maydonchalarini barpo etish hamda yashash muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan loyihalar muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida hudud obodligini ta’minlashda aholining daxldorligi va faolligini oshirish muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Qayd etilganidek, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari yakunlangach, ushbu hudud zamonaviy qiyofa kasb etib, aholi uchun yanada qulay va fayzli maskanga aylanadi.




