Ijro intizomini mustahkamlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi
2026-08-04 16:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Vazirlik huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot institutida ijro intizomini mustahkamlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda institutning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha bosh mutaxassisi Oʻ.Qahhorov korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, davlat xizmatchilari odob-axloq qoidalariga rioya etish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini taʼminlash hamda ijro intizomini kuchaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdi.
▪️Shuningdek, vazirlik xodimi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi islohotlar hamda OʻRQ-1155-sonli Qonunning mazmun-mohiyati boʻyicha tushunchalar berildi. Bundan tashqari korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash, ularni oldini olish va har bir xodimning shaxsiy masʼuliyatini oshirish muhimligi taʼkidlandi.
Yigʻilish yakunida korrupsiyaga qarshi profilaktika ishlari samaradorligini oshirish, ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirish hamda belgilangan vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida ijrosini taʼminlash boʻyicha masʼul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.



