Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Rasmiy munosabat)
2026-08-03 21:00:00 / Rasmiy munosabat

Kuni kecha Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Beruniy koʻchasida qurilish ishlari olib borilayotgan obyekt hududida sodir boʻlgan holat ( kotlovan-tuproq koʻchishi) yuzasidan barcha tegishli masʼul idoralar va mutasaddilar voqea joyiga yetib bordi.
Hozirgi vaqtda mazkur holat hamda uning kelib chiqish sabablari atroflicha oʻrganilyapti. Xususan:
1) qurilish ishlarining tasdiqlangan loyiha hujjatlari asosida amalga oshirilganligi;
2) handaq (kotlovan) qazish jarayonida amaldagi shaharsozlik va texnik me’yorlarga rioya etilganligi;
3) qurilish ishlarini bajarishda mehnat muhofazasi hamda texnika xavfsizligi talablariga amal qilinganligi yuzasidan tegishli oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Oʻrganish yakunlari va natijalari boʻyicha qoʻshimcha hamda batafsil maʼlumot taqdim etiladi.
