Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Rasmiy munosabat)
2026-07-23 17:00:00 / Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimiga oid taqdimotdagi raqamlar yuzasidan turli talqinlar tarqalmoqda.
2026-yil 23-iyul kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan “Muhokama maydoni” klubining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari, Senat a’zolari, Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari, shuningdek, soha vakillari ishtirok etdi.
Taqdimot davomida namoyish etilgan ma’lumotlar “Mening uyim” axborot-billing tizimidagi ma’lumotlar asosida shakllantirilgan.
Shu bilan birga, taqdimot slaydini tayyorlash jarayonida texnik xatolikka yo‘l qo‘yilgani sababli ayrim raqamlar noto‘g‘ri aks etgan.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilingan 400 ta uy haqidagi ko‘rsatkich bevosita boshqaruv usulidagi uylar sonini emas, balki uy-joy mulkdorlari tomonidan boshqaruv usulini tanlash jarayonida bo‘lgan uylar sonini ifoda etadi.
Mazkur texnik xatolik tezkorlik bilan aniqlanib, ma’lumotlarga tegishli aniqlik kiritildi. Vazirlik tomonidan taqdim etiladigan rasmiy ma’lumotlarni tayyorlashda bunday holatlarning takrorlanmasligi yuzasidan qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, qarorda keltirilgan 10 mingta uylarni bosqichma-bosqich yaxshilash dasturi, joriy yilda barcha dasturlar doirasida ish turlariga ko‘ra ta’mirlanadigan, energiya tejamkor texnologiyalar joriy etiladigan uylarning ko‘rsatkichlaridir. Xususan, joriy yilda barcha dasturlarga ko‘ra 10 378 ta uylarni yaxshilash ko‘rsatkichlari belgilangan.
Jumladan, Hukumatning 300-sonli qaroriga asosan Chinoz va Oltiariqdagi 43 ta, Davlat rahbarining PQ-377-sonli qarori ijrosi yuzasidan Sirdarodagi 201 ta uylarda energiya tejamkor texnologiyalarni takomillashtirish (bazalt bilan qoplash);
Hukumatning 98-sonli qaroriga asosan 500 ta uylardagi 500 ta liftlarni yangilash va ta’mirlash;
242-sonli qaroriga asosan 2 948 ta va 117-son bayoni ijrosi yuzasidan 6 686 ta uylarni ish turlariga ko‘ra ta’mirlash ko‘rsatkichlari belgilangan.
