SOHA TADBIRKORLARI DIQQATIGA!
2026-07-23 09:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Bugun, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari J.Arashov boshchiligida Namangan, Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.
Muloqot videokonferensiya aloqa shaklida tashkil etiladi. Shu munosabat bilan tadbirkorlar o‘zlari faoliyat yuritayotgan hududdagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi binosiga kelishlari mumkin.
Vaqti: 17:00
Ochiq muloqot davomida sohadagi mavjud muammolar, taklif va tashabbuslarni bevosita muhokama qilish imkoniyati yaratiladi.
