Davlat xizmatchilari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib etilmoqda
2026-07-22 15:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida davlat xizmatchilari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda xodimlar salomatligini mustahkamlash maqsadida navbatdagi jismoniy tarbiya tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmatchilari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan tashabbuslari hamda 2025-yil 1-avgustdan boshlab davlat organlari va tashkilotlarida har ish kunining muayyan vaqtlarida jismoniy tarbiya va harakat faolligi boʻyicha tadbirlar oʻtkazish toʻgʻrisidagi talablar ijrosini taʼminlash doirasida amalga oshirilmoqda.
Tadbir davomida xodimlar mutaxassislar rahbarligida yengil badantarbiya mashqlarini bajarib, kundalik jismoniy faollikning inson salomatligi, mehnat unumdorligi va ish samaradorligini oshirishdagi ahamiyati haqida maʼlumotlarga ega boʻldilar.




