“Koʻp kvartirali uylarni boshqarish va ularga xizmat koʻrsatish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar”
2026-07-16 11:10:00 / Vazirlik yangiliklar

“Koʻp kvartirali uylarni boshqarish va ularga xizmat koʻrsatish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusidagi matbuot anjumani boshlandi.
Tadbirni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva kirish soʻzi bilan ochib berdi.
- Bugungi ochiq muloqotdan asosiy maqsad — ko‘p kvartirali uylarni boshqarish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni jamoatchilik bilan ochiq muhokama qilish, parlament va jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish hamda barcha savollarga ochiq va atroflicha javob berishdir. Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar asosida bugun sohada raqamlashtirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirish ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi, — dedi Ozoda Joʻrayeva.
Matbuot anjumanida ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish, “Mening uyim” axborot-billing tizimi imkoniyatlari, uy-joy fondini raqamlashtirish, boshqaruv tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, “HotEnergy” billing tizimi orqali iste’molchilar uchun yaratilgan qulayliklar, ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari sifatini yaxshilash, shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan boshqa ustuvor islohotlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etilmoqda.
Shuningdek, tadbir davomida Senat a’zolari, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarning savollariga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar beriladi.





