Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida "Ochiq eshiklar kuni"
2026-07-16 11:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan Oliy Majlis Senati aʼzolari, ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar hamda jamoatchilik faollari ishtirokida “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish va ularga xizmat koʻrsatish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusida "Ochiq eshiklar kuni" o'z ishini boshladi.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva kommunal sohada joriy etilgan raqamli platformalar taqdimotida sohada amalga oshirilayotgan raqamlashtirish ishlari haqida maʼlumot bermoqda.
- Davlatimiz rahbari tomonidan kommunal sohada ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, inson omilini qisqartirish hamda aholi uchun qulay raqamli xizmatlarni keng joriy etish boʻyicha aniq vazifalar belgilangan. Bugun amaliyotga tatbiq etilayotgan raqamli platformalar ana shu topshiriqlar ijrosining amaliy ifodasidir”, — dedi Ozoda Joʻrayeva.
Taqdimot davomida boshqaruv tashkilotlarining elektron reyestri, “Mening uyim”, “Turar joy”, “Xavfsiz lift” hamda "HotEnergy" axborot tizimlarining imkoniyatlari va ularning aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishdagi ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berilmoqda.





