Kitobxonlik – bilim va taraqqiyot sari muhim qadam
2026-07-02 18:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati xodimlari ishtirokida payshanba "Yoshlar kuni" doirasida navbatdagi “Kitob o‘qish soati” tashkil etildi.
Tadbir davomida vazirlikning tegishli buyrug‘i asosida kitobxonlikni rag‘batlantirishga qaratilgan ichki reyting tizimi joriy etilgani ta’kidlandi. Mazkur tizimga ko‘ra, eng yuqori natija qayd etgan xodim bir oylik ish haqi miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, kitobxonlik reytingida yuqori natijalarga erishish uchun vazirlikda tashkil etilgan “Kitob burchaklari” sara badiiy adabiyotlar bilan muntazam boyitib borilayotgani, xodimlarga ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish tavsiya etildi.
▪️Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Umida Boyzoqova kelgusida ham yangi adabiyotlar xarid qilinishi, bunda xodimlarning taklif va tavsiyalari inobatga olinishi muhimligini qayd etdi. Ta’kidlanganidek, mazkur tashabbuslar mehnat jamoasida kitob mutolaasi madaniyatini yanada rivojlantirish, xodimlarning bilim va dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladi.



