Faxriylar bilan davra suhbati tashkil etildi
2026-06-26 13:30:00 / Vazirlik yangiliklar

Arxitektura va qurilish sohasi Faxriylar kengashida keksalik gashtini surayotgan soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
Mazkur uchrashuvlarda sohani yanada taraqqiy etishida faxriylarning boy hayotiy va kasbiy tajribasidan samarali foydalanish, zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga keng joriy etish, qurilish va milliy arxitektura an’analarini asrab-avaylash hamda rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shu bilan birga, faxriylarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, xususan, sohadagi dolzarb muammolarni hal etish jarayonlariga ularni faol jalb etish yuzasidan muhim taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Jumladan, mazkur tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan, soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan, mohir loyihachilar, arxitektorlar hamda usta me’mor-muhandislar safida ko‘p yillar davomida fidokorona mehnat qilgan faxriylarga Kengash raisi tomonidan “Kengash faxriysi” maqomi topshirildi.





