Ayni paytda Toshkent arxitektura-qurilish universitetida mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda
2026-06-04 11:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Ayni paytda Toshkent arxitektura-qurilish universitetida mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur tashabbus avvalroq “Vazir va yoshlar” uchrashuvi davomida TAQU talabalari tomonidan ilgari surilgan taklif asosida tashkil etildi. Tadbir iyun oyi "Yoshlar oyligi" hamda payshanba "Yoshlar kuni" doirasida o‘tkazilmoqda.
Mehnat yarmarkasida qurilish, arxitektura, loyihalash, kommunal xo‘jalik va turdosh yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan vazirlik tizimidagi tashkilotlar, loyiha institutlari hamda xususiy kompaniyalar ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida talaba va bitiruvchilarga bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot va stajirovka imkoniyatlari haqida ma’lumot berilib, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyati yaratilmoqda.



