Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-05-15 16:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonuni, Shaharsozlik kodeksi hamda Prezidentimizning fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik kengashlari faoliyatini takomillashtirishga oid Farmon va qarorlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida vazirlik tomonidan tasdiqlangan nazorat rejasi ijrosi, Jamoatchilik kengashi faoliyatining ochiqligini ta’minlash, kengash yig‘ilishlari va kun tartibidagi masalalarni rasmiy sahifalarda muntazam e’lon qilib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, 2026-yilning 1-choragida kengash a’zolari tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, 2-chorak uchun belgilangan ustuvor vazifalar muhokama etildi.
Muhokamalar yakunida:
— kengash a’zolarining vazirlik boshqarma va bo‘limlari bilan hamkorlikdagi faoliyatini yanada kuchaytirish;
— jamoatchilik fikrlarini muntazam o‘rganib borish;
— soha bo‘yicha savolnomalar va takliflarni shakllantirish;
— kengash faoliyatiga oid ochiq ma’lumotlarni rasmiy veb-saytda doimiy joylashtirib borish yuzasidan tegishli topshiriqlar belgilandi.
Shuningdek, kengash a’zolariga joriy yilning 2-choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etish vazifasi yuklatildi.


