ShaffofAI aqlli yordamchi
2026-05-14 18:05:00 / Vazirlik yangiliklar

“Shaffof qurilish” tizimida shaharsozlik va qurilish sohasi bo'yicha sunʼiy intellekt asosidagi aqlli yordamchi ishga tushirilganidan xabardormisiz? Gap shundaki, endilikda mazkur tizim foydalanuvchilarga shaffofai.uz orqali 24/7 rejimida tezkor maʼlumot taqdim etadi.
Ushbu qulaylik orqali Shaharsozlik norma va qoidalari hamda Qurilish meʼyorlari va qoidalari bo‘yicha foydalanuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga qisqa vaqt ichida javob olishlari mumkin.
Shuningdek, shaffofai.uz platformasida foydalanuvchilar uchun:
▪️chat tarixini yuklab olish;
▪️qurilish sohasiga oid qonunchilik hujjatlari bilan tanishish imkoniyati ham mavjud.
Bundan tashqari virtual yordamchi qurilishga oid hujjatlarni tahlil qilib, avtomatik javob beradi. Loyiha va fasadni o’zgartirish bo’yicha hujjatlar sun'iy intellekt tomonidan o’rganiladi va normalar asosida javob qaytariladi.
