Oʻzbekiston bunyodkorlari
2026-03-31 09:00:00 / Vazirlik yangiliklar
Sohibqiron Amir Temur davrida asos solingan bunyodkorlik anʼanalari bugun qay darajada oʻzgardi? Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan tayyorlangan maxsus videorolikni tomosha qiling.
Soʻnggi yillarda qurilish sohasi iqtisodiyotning eng jadal oʻsuvchi tarmoqlaridan biri sifatida shakllandi. Jumladan, 2016-yilda 30 trillion soʻmni tashkil etgan qurilish ishlari hajmi 2025-yilga kelib qariyb 250 trillion soʻmga yetdi. Natijada 210 mln kv.m turar va noturar joylar foydalanishga topshirilib, yangi uy-joylar soni 15 mingtadan 135 mingtaga qadar oshdi. Bu esa aholining yashash sharoitini yaxshilash, shahar va hududlar qiyofasini tubdan oʻzgartirishga xizmat qilmoqda.
Sohada amalga oshirilayotgan raqamlashtirish islohotlari ham tizimli natijalar bermoqda. Xususan, “Shaffof qurilish” platformasi orqali barcha jarayonlarning elektron shaklga oʻtkazilishi ochiqlik va nazoratni kuchaytirdi. Buning natijasida tender va ekspertiza jarayonlarida 47 trillion soʻmdan ortiq mablagʻ tejaldi hamda resurslardan samarali foydalanish taʼminlandi.
Soʻnggi 9 yilda qurilish sohasidagi inqilobiy islohotlardan soʻng Yangi Toshkent loyihasining amalga oshirilishi kuchli siyosiy irodaning mantiqiy davomi boʻldi.
Batafsil maʼlumotlarni maxsus videorolikni tomosha qilish davomida bilib olishingiz mumkin.
