“Iste’molchi huquqlari – adolatli bozor va kuchli jamiyat kafolati” mavzusida matbuot anjumani
2026-03-11 16:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida “Iste’molchi huquqlari – adolatli bozor va kuchli jamiyat kafolati” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashabbusi bilan manfaatdor vazirlik va idoralar qatorida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mas’ullari ham ishtirok etdi.
Matbuot anjumanida Federatsiya tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi hamda joriy yilda rejalashtirilgan vazifalar haqida fikr bildirildi.
Shuningdek, bugungi kunda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan sohada iste’molchilar huquqlarini ta’minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.



