TOP-40 boshqaruvdagi ayollar reytingi yangilandi
2026-03-07 13:30:00 / Vazirlik yangiliklar

“Yuksalish” harakati tomonidan Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda davlat va jamiyat boshqaruvi tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida har yili e’lon qilinadigan TOP-40 boshqaruvdagi ayollar reytingi yangilandi.
Undan Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ham o’rin olgan.
Boshqaruvdagi ayollar reytingi ko‘p o‘lchovli baholash modeli asosida tuziladi. Mazkur model nomzodlarni faqat egallab turgan lavozimi orqali emas, balki ularning real boshqaruv faoliyati, institutsional ta’siri va jamoatchilik ishonchi asosida kompleks baholashni nazarda tutadi.
Nomzodlar faoliyati 100 ballik tizim asosida baholanib, har bir mezon vaznli koeffitsiyentlar orqali yakuniy integrallashgan natijaga keltiriladi. Baholash jarayonida davlat statistika ma’lumotlari, ochiq manbalar, sohaviy hisobotlar, ekspertlar xulosalari hamda media-monitoring natijalari hisobga olinadi.
