Özbekiston ilk bor Markaziy Osiyodan GRCning Osiyo-Tinç okeani mintaqaviy yiğilişi hamtaşkilotçisi sifatida iştirok etadi
2026-11-18 16:25:00 / Yangiliklar

Bu mamlakatimizning xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi örnini mustahkamlaş, milliy ilmiy moliyalaştiriş tizimini global tajriba bilan uyğunlaştiriş va özbek olimlarining xalqaro tadqiqotlar maydonidagi imkoniyatlarini kengaytiriş yölidagi muhim qadamdir.
2026-yil 30-noyabr – 2-dekabr kunlari Janubiy Koreyaning Seul şahrida Global Researç Council (GRC) — Global tadqiqot kengaşining Osiyo-Tinç okeani mintaqaviy yiğilişi bölib ötadi. Unda Şarqiy, Janubiy va Janubi-Şarqiy Osiyo, şuningdek, Tinç okeani mintaqasidagi mamlakatlarning milliy ilmiy tadqiqot fondlari rahbarlari, ilmiy grantlar ajratuvçi taşkilotlar vakillari, ilmiy siyosatni şakllantiruvçi muassasalar, xalqaro tadqiqot dasturlari ekspertlari hamda GRC işçi guruhlari vakillari iştirok etadi. Mazkur xalqaro tadbirni taşkil etişda Markaziy Osiyodan ilk bor taşkilot hamkor sifatida jalb etildi va Özbekiston nomidan Innovatsion rivojlaniş agentligi iştirok etmoqda. Uşbu hamkorlik taşkilotning a’zoligiga qabul qilinişga keng imkoniyat yaratadi.
Tadbir Koreya Respublikasi Milliy tadqiqot jamğarmasi (National Researç Foundation of Korea — NRF Korea) va Özbekiston Innovatsion rivojlaniş agentligi hamkorligida taşkil etilmoqda. Bu haqdagi qaror 2026-yil may oyida Tailandning Bangkok şahrida ötkazilgan Global tadqiqot kengaşining 14-yillik yiğilişi doirasida ma’qullangan.
GRC — 2012-yilda Vaşingtonda taşkil etilgan va dunyoning turli mamlakatlarida ilmiy tadqiqotlarni moliyalaştiruvçi milliy taşkilotlar rahbarlarini birlaştiruvçi xalqaro hamkorlik platformasidir. Uning asosiy maqsadi ilmiy moliyalaştiriş tizimlari örtasida tajriba almaşiş, tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaşning samarali mexanizmlarini rivojlantiriş va qit’alararo ilmiy hamkorlikni mustahkamlaşdan iborat.
Uşbu kengaşning ahamiyati şundaki, unda ilmiy tadqiqotlarning qaysi yönalişlarini qöllab-quvvatlaş, loyihalarni qanday mezonlar asosida baholaş, ilmiy natijalarning jamiyat va iqtisodiyotga ta’sirini qanday oşiriş kabi strategik masalalar muhokama qilinadi.
GRC doirasidagi mintaqaviy yiğilişlar esa uşbu jarayonning muhim böğini hisoblanadi. Ularda turli mintaqalarning ilmiy va institutsional ehtiyojlari, ustuvor vazifalari hamda hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilinib, bildirilgan taklif va tavsiyalar keyingi yilgi global yiğiliş kun tartibi va tamoyillarini şakllantirişda inobatga olinadi. Şu ma’noda, Seuldagi uçraşuv faqat mintaqaviy muloqot emas, balki kelgusi yillarda jahon ilmiy hamjamiyati faoliyatiga ta’sir körsatişi mumkin bölgan yondaşuvlarni işlab çiqiş jarayonining ham bir qismidir.
Innovatsion rivojlaniş agentligining uşbu jarayonda hamtaşkilotçi sifatida iştirok etişi mamlakatimiz uçun bir neçta muhim yönalişda yangi imkoniyatlarni yuzaga keltiradi.
Birinçidan, bu Özbekistonning ilmiy diplomatiyasida yangi bosqiçni anglatadi. Endi mamlakatimiz faqat xalqaro ilmiy tadbirlar iştirokçisi sifatida emas, balki ularni taşkil etiş va mintaqaviy ilmiy kun tartibini şakllantirişda bevosita iştirok etayotgan hamkor sifatida ham namoyon böladi.
Ikkinçidan, jahonning yetakçi ilmiy moliyalaştiriş taşkilotlari bilan töğridan töğri aloqalarni rivojlantiriş uçun yanada keng maydon paydo böladi. Bu kelgusida qöşma ilmiy tanlovlar, xalqaro grant dasturlari, tadqiqot konsorsiumlari va köp tomonlama moliyalaştiriş mexanizmlarini yölga qöyişga xizmat qilişi mumkin.
Ayniqsa, ilmiy loyihalarni baholaş, moliyalaştiriş samaradorligini oşiriş, xalqaro ekspertlar iştirokini kengaytiriş va tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etiş böyiça ilğor tajribalarni örganiş Agentlik faoliyati uçun muhim ahamiyatga ega.
Uçinçidan, mazkur hamkorlik Özbekistonning mintaqaviy ilmiy jarayonlardagi iştirokini kuçaytiriş imkonini beradi. Markaziy Osiyoda şakllanayotgan ilmiy salohiyat, tadqiqot infratuzilmasi va yangi texnologik işlanmalarni xalqaro hamjamiyatga kengroq tanitiş uçun qöşimça imkoniyatlar oçiladi.
Bu jarayonning eng muhim jihatlaridan biri uning mamlakatimiz olimlari va ilmiy jamoalari uçun keltiradigan istiqbollaridir. Çunki xalqaro ilmiy hamkorlik faqat taşkilotlar örtasidagi kelişuvlar bilan çeklanmaydi. Uning yakuniy samarasi tadqiqotçilar uçun yangi hamkorlar, ilmiy loyihalar, tajriba almaşiş imkoniyatlari va zamonaviy tadqiqot muhitiga yöl oçilişida namoyon böladi.
GRC doirasidagi aloqalar orqali özbek olimlari xorijiy tadqiqot markazlari va ilmiy fondlar bilan hamkorlikni rivojlantirişi, xalqaro tadqiqot konsorsiumlariga qöşilişi, öz işlanmalarini jahon ilmiy maydonida taqdim etişi uçun yangi imkoniyatlarga ega bölişi mumkin.
Bundan taşqari, ilmiy natijalarni baholaşda sifat, ilmiy ta’sir va amaliy ahamiyatga ustuvorlik beriş, oçiq ilm-fan tamoyillarini kengaytiriş hamda tadqiqotlarda xalqaro standartlarni qöllaş borasidagi tajribalar milliy ilmiy tizim rivojiga ham ijobiy ta’sir körsatadi.
Bu, ayniqsa, xalqaro ilmiy maydonga kirib kelayotgan yoş olimlar, yangi ilmiy maktablar va tadqiqot guruhlari uçun muhimdir. Zero, bugungi ilm-fanda tadqiqotçining salohiyati bilan bir qatorda uning xalqaro ilmiy tarmoqlarga integratsiyalaşuvi ham katta ahamiyat kasb etmoqda.
E’tiborli jihati, Özbekistonning GRC doirasidagi iştiroki bu yilgi mintaqaviy yiğiliş bilan boşlangani yöq. 2026-yil may oyida Bangkok şahrida ötkazilgan GRCning 14-yillik yiğilişida Innovatsion rivojlaniş agentligi vakili “Researç for Sustainable Communities” mavzusidagi muhokama sessiyasiga moderatorlik qildi. Unda turli mamlakatlar vakillari ilm-fan va innovatsiyalarning ijtimoiy, ekologik va texnologik muammolarni hal etişdagi örni, sun’iy intellektdan samarali foydalaniş va oçiq ilm-fan tamoyillarini rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi.
Aynan şu yiğiliş yakunida Agentlikning Seuldagi mintaqaviy tadbirni taşkil etişda hamkor taşkilot sifatida iştirok etişi ma’qullangan edi.
Şuningdek, 2026-yil oktyabr oyida Innovatsion rivojlaniş agentligi delegatsiyasining Koreya Respublikasiga xizmat safari davomida NRF Korea Xalqaro aloqalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi direktori Hyesoo Kim bilan uçraşuv ötkazilib, tadbir dasturi, işçi guruhlar sessiyalari, ma’ruzaçilar va moderatorlar iştiroki, taşkiliy hamda texnik masalalar muhokama qilindi.
Bu esa hamkorlikning faqat deklarativ darajada emas, balki aniq taşkiliy işlar va amaliy muloqotlar orqali rivojlanayotganini körsatadi. Eng muhimi, xalqaro maydonda e’tirof etilişning özi yakuniy maqsad emas. Asosiy vazifa bunday imkoniyatlarni mamlakatimiz ilm-fani manfaatlariga yönaltiriş, olimlar uçun yangi hamkorlik kanallarini oçiş, ilmiy tadqiqotlarni moliyalaştiriş sifatini oşiriş va milliy ilmiy işlanmalarning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoşligini mustahkamlaşdir.
Özbekistonning GRC Osiyo-Tinç okeani mintaqaviy yiğilişida hamtaşkilotçi sifatida iştirok etişi ana şu maqsadlarga xizmat qiladigan muhim xalqaro qadamdir. Bu mamlakatimiz ilm-fani uçun yangi hamkorlik maydonlari, yangi ilmiy aloqalar va kelgusi taraqqiyot uçun yangi imkoniyatlar sari oçilayotgan eşikdir.
