
Buyrokratiyani bartaraf etish-2030

Innovatsion rivojlanish agentligida “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturini amalga oshirish va innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha loyiha ofisi mas’ul xodimlari ishtirokida ishchi uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida Agentlik tomonidan ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlari bilan bog‘liq byurokratik jarayonlarni keskin qisqartirish, xizmatlardan foydalanish qulayligini oshirish hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha vaqt va resurs sarfini kamaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

